Toshkentda qorovul direktorni bolta bilan qoʻrqitib, ish haqini oshirishni talab qildi

10:56 04 Avgust 2025 Jamiyat
224 0

Foto: Qoʻriqlash Departamenti matbuot xizmati

Toshkent shahrining Yashnobod tumanida qoʻriqlanadigan obyekt direktoriga bolta bilan tan jarohati yetkazaman, deb qoʻrqitgan fuqaro qoʻlga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash Departamenti matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlumotlarga koʻra, 30-iyul kuni soat 17:32 da poytaxt qoʻriqlash boshqarmasiga qoʻriqlanadigan idoradan tashvish xabari kelib tushgan.

Voqea joyiga yetib kelgan xodimlar ushbu idorada qorovul boʻlib ishlagan fuqaro M. M. direktordan ish haqini oshirishni talab qilganini aniqladi.

Mojaro vaqtida u direktorga bolta koʻtarib, tan jarohati yetkazish bilan tahdid qilgan, deyiladi xabarda. Tushuntirish suhbatidan soʻng M. M.ning sumkasidagi bolta va pichoq olib qoʻyilgan.

Holat boʻyicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, ashyoviy dalillar bilan koʻrib chiqish uchun sud organlariga joʻnatilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер