Toshkentda mast haydovchi “Lacetti”da YTHga uchradi
Foto: Videodan kadr
Toshkent shahri Yangihayot tumanida mast erkak avtomashina boshqarib, yoʻl-transport hodisasi sodir qildi. Bu haqda shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa kecha, 7-fevral kuni soat 23:10 larda Yangihayot tumani “Navqiron” MFY hududidagi 30-uy qarshisida yuz bergan. “Lacetti” rusumli avtomashina haydovchisi mast holatda rul boshqaruvini yoʻqotib toʻxtab turgan 2 ta “Cobalt” avtomashinasi bilan toʻqnashuv sodir etib, toʻqnashuvdan soʻng temir ustunga borib urilgan.
Yuqoridagi holat yuzasidan voqea joyiga tezkorlik bilan yetib borgan YPX inspektorlari, guvohlar va haydovchi bilan suhbat jarayonida haydovchi oʻz soʻzidan mast holatda ekanligi maʼlum qilgan.
YTH natijasida “Lacetti” haydovchisiga tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan birinchi yordam koʻrsatilgan.
Hozirda holat yuzasidan poytaxt IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan dastlabki tergov oldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- MIB direktoriga yangi oʻrinbosar tayinlandi
- Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring