Toshkentda xalqaro marafon oʻtkaziladi (Video)
Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvarda imzolangan “Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yana-da takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonida 2020-yildan boshlab sport sohasida “Tashkent Marathon” va “Save Aral” xalqaro ekomarafoni, avtoralli va motokross sport musobaqalarini tizimli oʻtkazish orqali yurtimizda sport turizmini rivojlantirish vazifasi belgilangan edi.
Mazkur topshiriq ijrosini taʼminlash, mamlakatimizda aholi salomatligini mustahkamlash va yoshlar orasida sogʻlom turmush tarzini faol targʻib qilish maqsadida joriy yilning 22-mart kuni “Navroʻz” umumxalq bayramiga bagʻishlangan II Toshkent xalqaro marafonini oʻtkazish rejalashtirilgan.
Kecha Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligida mazkur musobaqaga atalgan matbuot-anjumani tashkil qilindi.
Marafon haqida.
Reglamentga koʻra, musobaqa 4 xil yoʻnalishda oʻtkaziladi: marafon (42 km, 195 metr), yarim marafon (21 km, 97,5 metr), 3 km va 1,5 km masofalar. Ahamiyatlisi, marafon distansiyasi World Athletics (Jahon yengil atletikasi) ning Xalqaro uzoq masofa va marafonlar assotsiatsiyasi tomonidan sertifikatlangan.
II Toshkent Xalqaro marafonining sovrin jamgʻarmasi 350 million soʻmni tashkil qiladi. Unda ishtirok etishni istagan koʻngillilar esa www.uzmarathon.uz sayti orqali roʻyxatdan oʻtishlari mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Bugun 2026-yilgi Jahon chempionatiga qurʼa tashlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring