Toshkentda oʻtkazilayotgan Xalqaro ekologik texnologiyalar koʻrgazmasi – “Eco Expo Central Asia 2025”dan fotoreportaj
Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”
2025-yil 19–21-iyun kunlari Toshkent shahridagi “Central Asian Expo” (CAEx) koʻrgazma majmuasida mintaqada ilk bor oʻtkazilayotgan ekologik texnologiyalar boʻyicha xalqaro koʻrgazma — «Eco Expo Central Asia 2025» boʻlib oʻtmoqda.
Mintaqada ilk bor oʻtkazilayotgan bu keng koʻlamli tadbir 30 dan ortiq davlatlarni birlashtirib, koʻrgazma maydonini ilgʻor amaliyotlar bilan oʻrtoqlashish, konstruktiv muloqot olib borish va “yashil” transformatsiyani ilgari surish boʻyicha yetakchi platformaga aylantiradi.Tadbir davomida iqlim barqarorligi, resurslarni tejash va toza texnologiyalarni joriy etish kabi asosiy masalalar muhokama qilinishi kutilmoqda.
Sunʼiy intellekt va yashil energetika sohasidagi innovatsiyalardan tortib, suvni tejash hamda ekologik taʼlim boʻyicha ilgʻor yechimlargacha — koʻrgazma kelajak texnologiyalarining keng doirasini qamrab oladi. Ishtirokchi mamlakatlar orasida Fransiya, Janubiy Koreya, Tojikiston, Rossiya, Turkmaniston, Italiya, Qozogʻiston, Avstriya, Shveysariya, Saudiya Arabistoni, Germaniya, Qatar, Xitoy, Xorvatiya, Singapur, BAA, Belarus, Belgiya, Hindiston, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Norvegiya, Vengriya, Turkiya, Gruziya, Bangladesh, Misr, Latviya va Falastin kabi davlatlar bor.
Tadbir tashkilotchisi — Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi. Koʻrgazma Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan eʼlon qilingan “Atrof-muhitni asrash va «yashil iqtisodiyot” yili» doirasida oʻtkazilmoqda.
Koʻrgazma doirasida 20 dan ortiq xalqaro tashkilot va yetakchi kompaniyalar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, vazirliklar va idoralar, xorijiy va mahalliy kompaniyalar, xalqaro moliyaviy institutlar hamda donor tuzilmalarning alohida pavilyonlari namoyish etilishi kutilmoqda.
Uch kun davomida xalqaro ekspertlar ishtirokidagi yalpi va panel muhokamalar, innovatsion loyihalar taqdimotlari, yashil energetika, ekoturizm, barqaror shaharlar, raqamli texnologiyalar va iqlim moliyasi boʻyicha tematik sessiyalar, mahorat darslari, fotokoʻrgazmalar, madaniy tadbirlar va startaplar tanlovi. 35 dan ortiq parallel tadbirlar, istiqbolli loyihalar taqdimotlari va ekologik dasturlar boʻyicha kelishuvlar imzolanishi rejalashtirilgan.
Akmal MUHAMMADOV, Otabek SAIDAHMADOV
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring