Toshkentda ijaraga berilayotgan uylar narxi arzonlashdi
Arxiv foto
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti tomonidan ma’lum qilinishicha, o‘tgan oktyabr oyida Toshkent shahrida barcha turdagi xonadonlar uchun taklif etilayotgan ijara narxlari 2022 yilning mos davridagiga nisbatan arzonlashgan.
Xususan, o‘rtacha ta’mirlagan uylar ijara haqi 6-14 foizgacha, to‘liq ta’mirlangan uylar ijarasi 6-16 foizgacha paysaygan.
Uch xonali uylar ijara haqida Uchtepa (-20,7 foiz) va Olmazor (-20 foiz) tumanlarida nisbatan ko‘proq pasayish qayd etilgan. To‘rt xonali uylar uchun Yakkasaroy (-29,7 foiz) va Chilonzor (19,8 foiz) tumanlarida ijara narxlarining tushishi kuzatilgan.
Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash lozimki, o‘tgan 2022 yilda Toshkent shahriga relokantlar oqimining ko‘payishi hamda yangi o‘quv yili boshlanishi bilan talabalar tomonidan ijaraga bo‘lgan talabning oshishi natijasida o‘tgan yilning sentyabr - oktyabr oylarida ijara narxlari sezilarli darajada oshib ketgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- Oʻzbekistonda ilmiy laboratoriyalarning sunʼiy intellektga asoslangan yagona ilmiy platformasi ishga tushiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring