Toshkentda “Hilton" mehmonxonasi rasman ochildi

15:58 14 Dekabr 2019 Iqtisodiyot
3750 0

2019-yilning 14-dekabr kuni mehmonlar, jurnalistlar, turoperatorlar va shahar hokimligi vakillari ishtirokida 21 qavatli “Hilton” mehmonxonasining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Bu haqda shahar hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Ushbu mehmonxona tadbirlar uchun barcha zallarning tabiiy yoritishga egaligi bilan Toshkentda yagonadir. Bundan tashqari mehmonxona 4 ming oʻrinli Kongress-markazining yonida joylashganligi bilan qulay.

Barcha anjumanlar zallari 1 va 2-qavatlarda joylashgan boʻlib, anjuman va boshqa tadbirlar davomida mehmonlarning harakatlanishini osonlashtiradi.

“Hilton”ning tadbirlar oʻtkazish uchun moʻljallangan umumiy maydoni 2 453 kvadrat metrni tashkil qilib, oʻz ichiga 5 ta koʻp funksiyali anjumanlar zalini hamda yozgi ayvonga chiqadigan keng banketlar zalini oladi.

“Men “Hilton Tashkent City” mehmonxonasining ochilishini oʻz hamkasblarim, “Interstate Hotels & Resorts” mehmonxonalarini boshqarish boʻyicha global operatori, mehmonxona egalari, mamlakat hukumati va shahar hokimligi vakillari hamda barcha ushbu kunga oʻz hissasini qoʻshganlar bilan nishonlashdan juda mamnunman”, - deydi “Hilton Tashkent City” mehmonxonasining bosh menejeri Marko Fin.

Mazkur mehmonxona “Hilton” tarmogʻiga asos solinganiga 100-yil toʻlgan sanada ochilishi ham eʼtiborga sazovor boʻlib, Toshkentdagi otel dunyoning koʻplab mamlakatlarida faoliyati yurituvchi mehmonxonalar tarmogʻida oʻzining munosib oʻrnini egalladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?