Toshkentda fuqaro ayolining sobiq erini 24-marta pichoqlab oʻldirdi
Foto: Videodan kadr
Toshkent shahri Bektemir tumanida erkak sharʼiy nikohidagi ayolining sobiq erini 24-marta pichoqlab oʻldirdi. Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi.
Qayd etilishicha, 27 yoshli sudlanuvchi sharʼiy nikohidagi ayolining sobiq eri bilan oʻrtasidagi ziddiyatli holatga barham bermoqchi boʻlgan. Ular shu maqsadda Bektemir tumanidagi savdo majmuasi oldida uchrashgan.
Suhbat davomida vaziyat yaxshilanish oʻrniga battar chigallashgan. Oqibatda sudlanuvchi jabrlanuvchiga 24-marta oʻtkir tigʻli jism bilan jarohat yetkazgan. Tez yordam xodimlarining harakatiga qaramasdan, yigit voqea joyida vafot etgan.
Maʼlum qilinishicha, ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi JIB Bektemir tuman sudida koʻrib chiqilgan. Manbaga koʻra, sud majlisida sudlanuvchi boʻlib oʻtgan holatlar yuzasidan maʼlumot berishni istamagan.
“Oilasidan ham kechirim soʻrayman. Bunday boʻlishini xohlamagan edim. Uzr soʻraganim bilan bari bir qaytib kelmaydi. Kechira olsangiz, kechiring”, degan aybdor.
Sud hukmi bilan u 17-yilga ozodlikdan mahrum qilingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- Tabiat va sivilizatsiya uyg‘unlashgan shahar – Syurixdan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring