Toshkentda Aida Hasanova xotirasiga bagʻishlangan xalqaro turnir boʻlib oʻtmoqda
Foto: Toyirov Abdumutalib / “Xalq soʻzi”
Toshkentda Oʻzbekiston qilichbozlik federatsiyasining sobiq bosh hakami, xalqaro darajadagi referi Aida Hasanova xotirasiga bagʻishlangan qilichbozlik sporti boʻyicha 17 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasida xalqaro turnir boshlandi. Musobaqada mamlakatimiz hamda qozogʻistonlik sportchilar ishtirok etmoqda.
Turnirning ochilish marosimida Oʻzbekiston qilichbozlik federatsiyasi bosh kotibi Gulnora Saidova soʻzga chiqib, Aida Hasanova xotirasiga bir daqiqalik sukut eʼlon qildi va musobaqada ishtirok etayotgan barcha sportchilarga muvaffaqiyatlar tiladi. Aida Hasanova 2023-yilning 23-may kuni 39 yoshida hayotdan koʻz yumgan edi.

Xalqaro turnirning birinchi kuni sablya boʻyicha sportchilar gʻoliblik uchun bellashdi. Yakunda qizlar oʻrtasida Oygul Shomurotova, Salima Roʻziyeva, Bibiaisha Husanboyeva, Nargiza Utebayeva, oʻgʻil bolalar oʻrtasida esa Nursulton Kenesbayev, Saidibragim Alimov, Shannazar Abulov va Sultonbek Ametbekov gʻoliblikka erishdi.
Jamoaviy bahslarda oʻgʻil bolalar oʻrtasida Qoraqalpogʻiston 2 jamoasi birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. Toshkent, Qozogʻiston 1 va Qoraqalpogʻiston 1 jamoalari kuchli uchlikdan joy oldi. Qizlar oʻrtasida Qoraqalpogʻiston 1, Toshkent 1, Toshkent 2 va Qoraqalpogʻiston 2 jamoalari sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritdi.




























Foto: Toyirov Abdumutalib / “Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring