Toshkentda 2 ta “Matiz” toʻqnashib ketdi, 3 kishi jarohatlandi

Illyustrativ foto
Toshkent shahri Sergeli tumanida 2 ta “Matiz” rusumli avtomashina ishtirokida yoʻl-transport hodisasi yuz berdi. Poytaxt Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi hodisa yuzasidan maʼlumot berdi.
Bildirilishicha, kecha, 12-oktyabr kuni soat 16:05 larda Sergeli tumani Fayzli Toshkent koʻchasida, 2 ta “Matiz” rusumli avtomashinalar oʻzaro toʻqnashib ketgan.
YTH oqibatida tan jarohati olgan 3 nafar fuqaroga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatilgan.
Qayd etilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
“Barcha yoʻl harakati qatnashchilaridan qoidalarga rioya qilishlarini tezlikni belgilangan meʼyorlardan oshirmasliklarini soʻraymiz”, deyiladi Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabarida.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Andijon viloyatida piyodalar oʻtish joyidan yoʻlni kesib oʻtayotgan ikki piyodani “Nexia-3” urib yuborgani haqida xabar berilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- JSST: Gʻazoda birorta shifoxona toʻliq ishlamayapti
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring