Toshkent viloyatidagi mahallada boʻrilar paydo boʻldi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatida och boʻrilar sanqib yurganligi hamda kechqurun yosh bolalar va ayollar uydan chiqmasligi haqidagi xabarlar tarqaldi.
Ushbu holat yuzasidan Piskent tumani hokimligi rasmiy munosabat bildirdi.
Maʼlum qilinishicha, Qirqqizobod hududi togʻli hududda joylashganligi sababli, har yili qish mavsumida qor yogʻishi oqibatida yovvoyi hayvonlar, jumladan boʻrilar ham qishloqlarga kelishi kabi holatlar kuzatiladi.
Hozirda yovvoyi hayvonlarni tutuvchi maxsus guruh hududga jalb etilgan hamda boʻrilarni qidirish va ularni zararsizlantirish ishlari olib borilmoqda.
Tutilgan boʻrilarni tabiiy muhitiga yaqin sharoit yaratish maqsadida hayvonot bogʻiga yuborish rejalashtirilgan.
“Qayd etish joiz, hozirgacha aholiga hech qanday zarar yetmagan”, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Bir asrlik tarixga guvoh bino taqdiri
- Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi
- Toshkentda Butunjahon isteʼmolchilar huquqlari kuni munosabati bilan matbuot anjumani oʻtkazildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring