Toshkent viloyatida yuk mashinasini oʻmarayotgan shaxslar qoʻlga tushdi
Foto: Toshkent viloyat IIB matbuot xizmati
Toshkent viloyatida oʻgʻrilik qilayotgan shaxslar voqea joyida ushlandi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat tungi 02:35 larda Angren shahar “Ulugʻbek” mahallasi hududida turgan yuk avtotransportlari oldida shubhali harakatlar qilayotgan 4 nafar shaxslar shu hududda tungi xizmatni oʻtayotgan IIB patrul-post xizmati xodimlari tomonidan kuzatilgan.
Natijada, 21-38 yoshli 4 nafar shaxs yuk mashinasidan 2 dona katalizator (ehtiyot qismi)ni yashirin ravishda yechib olganligi aniqlangan.
“Ehtiyot qismlar daliliy ashyo sifatida hujjatlashtirildi. Holat yuzasidan ayblanuvchilarga nisbatan Jinoyat kodeksi 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan”, deyiladi xabarda.
Qoʻshimcha qilinishicha, hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
- Endilikda muddati oʻtgan tovarlarning sotilishi avtomatik ravishda cheklanadi
- Xorijiy tillarni oʻrganmoqchi boʻlgan yoshlarga “2+6” dasturiga muvofiq subsidiya ajratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring