Toshkent viloyatida 3,4 milliard soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari fosh qilindi(+video)

14:17 05 Sentyabr 2025 Jamiyat
111 0

Toshkent viloyatida filial komplayens-nazorat tuzilmalari, tuman gaz taʼminoti boʻlimi xodimlari hamda huquq-tartibot organlari hamkorligida oʻtkazilgan reydlar davomida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari fosh qilindi. Bu haqida “Hududgaztaʼminot” xabar berdi.

Unda aytilishicha, Boʻstonliq tumanining “Xoʻjakent” MFYdagi xonadonda joylashgan “K. G.” nomli dala hovlida loyiha texnik hujjatsiz tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelingani aniqlangan. Ushbu holat boʻyicha qayta-hisob kitob amalga oshirilganda 3 milliard 43 million soʻmlik zarar yetkazilgani maʼlum boʻlgan.

Shu kabi yana bir holat Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida ham kuzatilgan.

Unga koʻra, tumandagi “Ilgʻor” MFYda joylashgan, fuqaro X. Sh. ga qarashli uyda tabiiy gazdan foydalanish holati oʻrganilganda isteʼmolchi loyiha-texnik hujjatlarsiz tabiiy gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanib, tijorat maqsadida novvoyxona tashkil etgani maʼlum boʻlgan. Mazkur holat boʻyicha tegishli tartibda dalolatnoma tuzilib, 395 million 900 ming soʻmlik zarar qayta hisob-kitob qilingan.

Hozirda yuqoridagi noqonuniy holatlarga oid barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?