Toshkent kinofestivalida Jonni Depp hamda Endryu Levitas onlayn ravishda ishtirok etadi
Foto: Mind Life TV
Muhim onlayn tadbirlardan biri taniqli aktyor, rejissyor va prodyuser Jonni Depp, shuningdek, mashhur amerikalik rejissyor Endryu Levitas bilan uchrashuv hisoblanadi. Yulduzli tandem boʻlajak kinofestival mehmonlari va ishtirokchilariga “Minamata” nomli qoʻshma loyihasini taqdim etadi.
“Minamata” yoki “Buyuk” — Endryu Levitas rejissyori boʻlgan amerika dramasi. Filmda Jonni Depp (u ham prodyuser) amerikalik fotograf Smit rolini oʻynaydi, u simobdan zaharlanishning Yaponiyaning Minamata aholisiga taʼsirini suratga olgan.

Deppning oʻzi film koʻpchilik uchun juda muhim deb hisoblaydi.
“Baʼzi filmlar odamlar qalbini junbishga keltiradi va bu narsalarni boshdan kechirgan Minamatada yashovchi odamlarga bagʻishlanadi”, — deydi aktyor.
Filmni tomosha qilgandan soʻng, yulduz bilan birgalikda filmning onlayn muhokamasi boʻlib oʻtadi.
Eslatib oʻtamiz, Jonni Depp koʻplab kinomukofotlar sovrindori va nominanti hisoblanadi. Jumladan, “Oltin globus” sovrini ham.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring