Toshkent aholisi eng koʻp nimadan norozi?
28-mart holatiga koʻra, “Xalq nazorati” portaliga jami 13 425 ta murojaat kelib tushgan. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.
Fuqarolardan kelgan shikoyatlarning eng katta qismi, yaʼni, 34,6 foizi uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohasi bilan bogʻliq. Qolgan 15,3 foizi asfalt, yoʻllar va piyodalar yoʻlaklari, 4,5 va 4,3 foiz qism esa mos ravishda obodonlashtirish va ekologiyaga tegishli.
Yuborilgan murojaatlardan 13 407 tasi ijro uchun qabul qilingan boʻlib, shulardan 8 377 donasi hal etilgan. Muammolar Uchtepa, Mirobod va Olmazor tumanlarida nisbatan yuqori samara bilan yechim topgan.
Taʼkidlash joiz, ijtimoiy tarmoqlar orqali ham 1 363 ta muammoli holat aniqlanib, murojaat sifatida platformaga kiritilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring