Toshkent aeroportida avtomatik yuk saqlash javonlari oʻrnatildi

Toshkentdagi xalqaro va mahalliy aviaqatnovlar terminallarida yoʻlovchilar yuklarini saqlab, shaharda bemalol vaqt oʻtkazishlari uchun avtomatik saqlash javonlari oʻrnatildi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” kompaniyasi xabar qildi.
Xalqaro terminaldagi javon joʻnash terminalining 1-qavatida joylashgan boʻlib, 24 soat davomida ishlaydi. Yuklarni bir soat saqlash uchun narx uning hajmiga qarab 15 ming soʻmdan 40 ming soʻmgacha etib belgilangan. Yuklar uchun standart (60x50x80 sm), oʻrta (90x50x80 sm) va katta (180x50x80 sm) hajmdagi oʻlchamlar mavjud.
Mahalliy aviaqatnovlar terminalidagi saqlash javoni esa terminal ichida uchib ketish va uchib kelish zallari oʻrtasida joylashgan. U ham kun-u tun faoliyat koʻrsatadi. Yuklarni saqlash barcha turdagi bagaj uchun yagona tarifda soatiga 10 000 soʻmdan saqlanadi. Yuklar oʻlchamlari kichik (43x50x34 sm), standart (60x50x80 sm) boʻlishi kerak.
Toʻlov jarayonida saqlash joyi tanlanib, naqd yoki bank kartasi orqali toʻlov amalga oshiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- JSST: Gʻazoda birorta shifoxona toʻliq ishlamayapti
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring