Toʻraqoʻrgʻon xurmolari — eksportga
Gilos va uzum yetishtirishda oʻziga xos tajriba maktabi yaratgan toʻraqoʻrgʻonlik sohibkorlar keyingi yillarda xurmochilikda ham ilgarilab ketishdi. Bugungi kunda 64 ta mahallaning 48 tasi ahli shu mevaning asl bogʻbonlariga aylangan.
Aytaylik, mingdan ziyod oila istiqomat qiladigan Kalvak mahallasining 98 foizi xonadoniga kirgan kishining koʻzi shoda-shoda marvarid kabi tizilgan xurmo mevasiga tushadi. Bu mahalladan yiliga 200 tonnagacha hosil Rossiya, Qozogʻiston va Yevropa davlatlariga eksport qilinmoqda. Mavsumda shuning hisobidan har bir oilaga 30 million soʻmdan 100 million soʻmgacha daromad kirib borayotir. Shu kunlarda qabul shoxobchalarida ish qizgʻin. Pishib yetilgan hosil uzib olinib, maqbul narxlarda xaridorlarga yetkazilyapti. Eng muhimi, mahallaning oʻzida 500 dan ortiq mavsumiy, 220 nafar doimiy ishchilar ushbu yumush bilan band.
— Hudud eksportida meva-sabzavotchilik sohasining ulushi 22,5 million dollardan ortadi, — deydi Toʻraqoʻrgʻon tumani hokimligi boʻlim boshligʻi Islomjon Ahmedov. — Yoz oylarida katta hajmdagi gilos va boshqa ertapishar mevalarni tashqi bozorga chiqargan boʻlsak, ayni paytda xurmo savdosi qizgʻin. Joylarda bu ish bilan 15 tadan koʻp hosil yigʻish, saralash va qadoqlash shoxobchalari shugʻullanmoqda.
Qudratilla NAJMIDDINOV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring