Tomorqa — daromad manbai
Ishtixon tumanidagi Beshariq mahallasida bugungi kunda 5 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi. Ularning asosiy qismi koʻchatchilik bilan shugʻullanib, tomorqa yerlaridan samarali foydalanish orqali daromad topmoqda.
Ushbu mahallada yashovchi Oʻtkir Allamurodov necha yillardan buyon hovlisidagi 5 sotixlik issiqxonada iqlim sharoitiga mos, serhosil pomidor koʻchatlarini yetishtirib kelmoqda.
Shuningdek, tomorqa egasi issiqxona bilan bir qatorda hovlisida parvarish qilinayotgan 100 tup tokdan ham moʻl hosil yetishtirib, daromad olmoqda. Bu esa kichik yer maydonidan ham yuqori samaradorlikka erishish mumkinligini koʻrsatadi.
— Issiqxonamizda may oyining oxirigacha koʻchat yetishtirib sotamiz. Undan keyin shu yerning oʻzida va tomorqamizning qolgan yerlarida kartoshka, pomidor va bodring yetishtiramiz, — deydi Oʻtkir Allamurodov. — Qolaversa, uzumdan ham har yili 4 tonnadan ortiq hosil olamiz. Bundan tashqari chorva bilan shugʻullanamiz, Mol, qoʻylarimiz bor. Shu orqali yaxshigina daromad olyapmiz. Yashashimiz ham yaxshi.
Mahalladagi Alisher va Oybek Allamurodovlar ham xonadonida tashkil etilgan issiqxonalarda yetishtirilayotgan pomidor va bulgʻor qalampiri koʻchatlarini sotish orqali yiliga 100 million soʻmgacha daromad qilishmoqda.
Mahallalarda “Bir mahalla — bir mahsulot” tamoyili asosida olib borilayotgan bu kabi ishlar oziq-ovqat yetishtirish hajmini oshirish, aholi turmush darajasini yaxshilash va iqtisodiy barqarorlikni taʼminlashda muhim omil boʻlib xizmat qiladi.
Hamma joyda ham mahallalardagi “yettilik” aʼzolari tomorqalardan samarali foydalanish boʻyicha toʻplangan tajribalarni keng joriy etish, aholi bandligini taʼminlash, ularning daromadlarini oshirish choralarini koʻrsa ayni muddao boʻladi.
Abdulaziz YOʻLDOSHEV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring