Tinchlik yoʻnalishida Nobel mukofoti sovrindori maʼlum qilindi

18:58 06 Oktyabr 2023 Dunyo
1537 0

Ayollar huquqlarini himoya qilgan va mamlakat hukumati tomonidan qamalgan eronlik huquq faoli Nargis Muhammadiy 2023-yil uchun tinchlik boʻyicha Nobel mukofotini qoʻlga kiritdi.

Oʻtgan yilda ushbu yoʻnalishdagi Nobel mukofoti Rossiyaning “Memorial” inson huquqlari jamiyati, Ukraina fuqarolik erkinliklari markazi va Belarusning “Vesna” inson huquqlari markazi asoschisi Ales Belyaskiyga berilgan edi.

Alfred Nobel vasiyatiga koʻra, tinchlik boʻyicha mukofot xalqlarni birlashtirish va faol armiyalar sonini kamaytirish, shuningdek, tinchlik kongresslarini oʻtkazish va ularga eʼtiborni jalb qilishda eng katta muvaffaqiyatga erishgan yoki boshqalardan koʻproq ish qilgan shaxsga beriladi.

Mazkur yoʻnalishda birinchi Nobel mukofotini 1901-yilda Xalqaro Qizil Xoch qoʻmitasi asoschisi, shveysariyalik tadbirkor va jamoat arbobi Anri Dyunan hamda “Tinchlik va erkinlik ligasi” patsifistik tashkiloti asoschisi, fransuz siyosatchisi Frederik Passi qoʻlga kiritgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер