Til bilganga ming tanga…mi?
Til bilganga ming tanga, deydi dono xalqimiz. Ushbu xalq maqoli hamma davrlarda, ayniqsa, fan-texnika, innovatsion texnologiyalar jadal surʼatda rivojlanayotgan bugungi kunda gʻoyat ahamiyatlidir. Xoʻsh, bugun tilga qay darajada ahamiyat beryapmiz? Xalqimizning yuqoridagi hikmatli soʻzlari qay darajada oʻz isbotini topmoqda?
Yurtimiz taraqqiyoti, yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalashda xorijiy tillarning oʻrni beqiyos boʻlib, bu sohada oʻqituvchi-murabbiylarning mehnati, kasbiy layoqati darajasining yuqori boʻlishi, taʼlim samaradorligini yana-da oshiradi. Ammo bu oʻz ona tilini oʻrganmaslikka olib kelmasligi kerak. Yangi tilni oʻrganish oʻz tilini unutish evaziga boʻlmasligi lozim. Bugun maktablarda ona tilining dars soatlari qisqarishi haqidagi bahslarni kuzatib, shu oʻyni hamma xayolidan oʻtkazayotgani aniq.
Xorijiy til oʻqituvchisi sifatida bugun axborot tehnologiyalar va xorijiy tillarni yaxshi bilgan yoshlar mustaqil hayotda qiynalmay, oʻz yoʻllarini oson topib ketayotganini kuzatmoqdaman. Nainki oʻqituvchi, balki tarjimon, diplomat, xususiy oʻquv markazlari yurituvchisi boʻlib faoliyat olib borayotgan yoki xorijiy davlatlarda ilmiy izlanish qilayotgan yoshlarimiz kammi? Bugun ularning soni koʻp boʻlsa borki, kam emas. Til bilganga ming tanga degan maqol bejiz emas ekan demak. Biroq shunga qaramay inson hamisha oʻz ona tiliga nisbatan alohida eʼtiborli boʻlishi darkor. Boisi har birimiz ona tilining taraqqiyot zanjirimiz. Bitta zanjir uzilsa u keyingi zanjirlarning ham moʻrtlashib, uzilib borishiga olib kelishi mumkin.
Yana shuni taʼkidlash joiz, bolaning ilm olish, dunyo qarash shakllantirishida pedagoglarning oʻrni oʻta muhim sanaladi. Ingliz tili oʻqitishda oʻquvchilarning nutqiy faoliyatini, ogʻzaki va yozma nutqni oʻzlashtirishda yangi pedagogik innovatsion texnologiyalarning qoʻllanilishida bolaning yosh xususiyatlarini hisobga olish alohida mahoratni talab etadi. Masalan, boshlangʻich sinflarda ingliz tilini oʻqitishda koʻrish, eslab qolish, takrorlash, xotira mashqlari, audio-video materiallardan unumli foydalanish, didaktik oʻyinlarni milliy ruhiyatdan kelib chiqib tashkil etish til oʻzlashtirishda samaralidir. Shunda bola oʻz milliy qadriyatlari bilan hamnafaslikda xorijiy tillarni oʻrganadi. Shuningdek, oila sharoitida ota-onalarning ham farzandlarining til oʻzlashtirishlarida eʼtiborli boʻlishlari kamlik qiladi. Bola bilan uy vazifalarini bajarishda, turli oilaviy tadbirlarda, kunlik muloqotlarda inglizcha salomlashish, bolaning doʻstlari, yaqinlari haqida suhbatlashish, sport, musiqa, tabiat, istirohat va hayvonot bogʻlari, sanoq sonlari, yil fasllari, oilaviy yumushlar kabilarning nomlanishlarini birgalikda oʻqib-oʻrganish nafaqat bola nutqini rivojlantiradi, balki dunyoqarashini ham oʻstiradi. Bu kabi omillar xorijiy tillarni oʻrganishda maktab bilan oila, ustoz bilan ota-ona oʻrtasidagi bogʻliqlikni koʻrsatadi, yana-da rivojlantirish kerakligini koʻrsatadi.
Bir soʻz bilan aytganda, xorijiy tilni oʻrganish oʻz ona tilini unutish, unga eʼtiborni susaytirish evaziga boʻlmasligi lozim. Bunda inson har qanday yangilikni, ayniqsa, chet tillarni milliy qadriyatlar bilan hamnafaslikda oʻrganishi talab etiladi. Oʻylaymizki, kelajakda yosh avlod mana shu yoʻsinda dunyo tillarini oʻrganib, oʻzbek tilining-da jahon miqyosida nufuzi ortishiga xizmat qiladi.
Nasiba Jabborova,
Surxondaryo viloyati,
Sariosiyo tumani,
1-umumiy oʻrta taʼlim maktabi
ingliz tili fani oʻqituvchisi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring