Termiz muloqot maydoniga aylanmoqda
“Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasida “Oʻzbekiston — Rossiya: Yevrosiyo makonida strategik sheriklik” mavzusida xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi.
Anjuman Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti hamda Rossiyaning Valday xalqaro munozara klubi hamkorligidagi doimiy ekspertlar platformasi doirasida tashkil etildi.
Tantanali ochilishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Eldor Aripov, “Valday” xalqaro munozara klubini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi kengashi raisi Andrey Bistriskiy, Surxondaryo viloyati hokimi Ulugʻbek Qosimov, Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Mixail Galuzin ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlar barqaror va pragmatik asosda rivojlanayotganini taʼkidladilar.
Qayd etilganidek, bugun Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasida 400 dan ortiq hujjat amal qilmoqda. Soʻnggi yillarda tovar ayirboshlash hajmi 2016-yildagi 4,2 mlrd dollardan 13 mlrd dollargacha oʻsdi.
Anjumanda transport-logistika aloqalarini rivojlantirish, savdo yoʻlaklarini kengaytirish va sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish masalalari muhokama qilindi.
Konferensiyaning Termiz shahrida oʻtkazilishi ham ramziy ahamiyatga ega. Bugun ushbu hudud Markaziy va Janubiy Osiyoni bogʻlovchi muhim nuqtaga aylanmoqda. Xususan, savdo markazida 3 mingdan ortiq doʻkon faoliyat yuritib, yillik eksport hajmi 1,2 mlrd dollarni tashkil etmoqda.
Mazkur anjuman Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi strategik sheriklikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Farhod ESONOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring