Tennis: Toshkentda xalqaro musobaqa o‘tkaziladi
Shu yilning 28 — 31-may kunlari Toshkent stol tennisi bo‘yicha “WTT Youth contender” tasnifidagi xalqaro musobaqaga mezbonlik qiladi.
O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi matbuot xizmatidan xabar berishlaricha, mazkur turnirda 16 mamlakatdan 300 nafardan ortiq yosh stol tennischi g‘oliblik uchun bahs olib borishadi.
Bellashuvlar muhtasham “Humo arena” majmuasida o‘tkaziladi. Dasturga ko‘ra, sportchilar U11, U13, U15, U17 va U19 yosh toifalarida ishtirok etishadi.
Mazkur nufuzli turnirda qatnashadigan yosh atletlarimiz hozirda o‘z murabbiylari bilan so‘nggi mashg‘ulotlarini o‘tkazishmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring