“Telegram”ning joriy yildagi daromadi maʼlum qilindi
Messenjer oʻzining uch yillik monetizatsiya tarixida birinchi marta daromadli boʻlmoqda.
2024-yilda “Telegram”ning umumiy daromadi 1 milliard dollardan oshdi va messenjer yilni kripto-aktivlarni hisoblamaganda, 500 million dollardan ortiq naqd pul zaxirasi bilan yakunlaydi.
Durovning taʼkidlashicha, messenjer soʻnggi toʻrt yil mobaynida taxminan 2 mlrd miqdorida qarz olgan va obligatsiyalar uchun qulay narxlardan foydalanib, joriy yil kuzida uning sezilarli qismi qaytarilgan.
Ushbu yilda “Telegram Premium” obunachilari soni 12 milliondan koʻproqni tashkil etmoqda. Bunda reklama daromadlari ham bir necha barobarga oshgan.
Durov joriy yilda monetizatsiya sohasidagi yangiliklar sifatida — “Yulduzlar”, “Hadyalar”, “Giveaways”, “mini-ilovalar”, “Hamkorlik platformasi”, “Telegram Biznes” va “Telegram Gateway” ishga tushirilganini qayd etdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring