Tekshirish tartibini buzganlarga chora ko‘rildi

19:13 27 Aprel 2023 Siyosat
878 0

Illyustrativ foto

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devonida Namangan viloyatidagi  sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limlari tomonidan tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida tekshirish o‘tkazishga asos bo‘luvchi hujjatlarni rasmiylashtirishda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi ahvoli tahlil qilindi.

Ayni jarayonda  bo‘limlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  qarori talablariga rioya etilmagan.

Xususan, Uychi tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi  bo‘limi boshlig‘ining buyrug‘iga asosan ushbu tumandagi “A’zam Fayz” (nomi o‘zgartirilgan)  xususiy korxonasi faoliyatida o‘tkazilgan tekshirish mazkur qaror talablariga zid ravishda, buyruq tegishli yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bilan  kelishmagan  hamda yuridik xulosa olinmagan holda o‘tkazilgan.

Huddi shu kabi holatlar Namangan viloyat SEO va JS tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan  Uychi tumanida 62 ta, Pop tumanida 55 ta, Davlatobod tumanida 45 ta, Namangan tumanida 45 ta, Yangiqo‘rg‘on tumanida 44 ta, Kosonsoy tumanida 41 ta, Chust tumanida 35 ta, Norin tumanida 35 ta, Uchqo‘rg‘on tumanida 33 ta, To‘raqo‘rg‘on tumanida 28 ta, Mingbuloq tumanida

15 ta va Namangan shaharda 4 ta tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini tekshirish haqidagi buyruqlarni rasmiylashtirishda ham kuzatilgan.

Tabiiyki, tadbirkorlik sub’yektlari huquq va manfaatlariga zid  har bir tartib buzilishi o‘z bahosini oladi. Tahlil natijalariga ko‘ra, vakil tomonidan kiritilgan taqdimnoma asosida SEO va JS ning Pop, Davlatobod, Namangan, Chust, Norin, Uchqo‘rg‘on, To‘raqo‘rg‘on, Mingbulok tumanlari va Namangan shahar bo‘limi boshliklariga nisbatan intizomiy jazo chorasi tariqasida  “Hayfsan”  e’lon qilindi.

Qudratilla NAJMIDDINOV.
                                         “Xalq so‘zi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?