“Tashabbusli byudjet”da 47 ta loyiha qoʻshimcha gʻolib deb topildi

18:12 01 Aprel 2026 Jamiyat
315 0

Illyustrativ foto

“Tashabbusli byudjet”ning joriy yilgi 1-mavsumi yakunlariga koʻra, gʻolib boʻla olmagan 47 ta loyiha uchun qoʻshimcha mablagʻ ajratildi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan gʻolib boʻlmagan navbatdagi loyihalarni moliyalashtirish uchun mahalliy byudjetning qoʻshimcha mablagʻlari hisobidan 18,2 mlrd soʻm ajratilib, 47 ta loyiha qoʻshimcha ravishda gʻolib deb topilgan.

Amaldagi tartibga koʻra, xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlariga mahalliy byudjetning qoʻshimcha mablagʻlari hisobidan qoʻshimcha tarzda gʻolib loyihalarni eʼlon qilish vakolati berilgan.

Gʻolib loyihalar roʻyxati bilan mazkur havola orqali tanishish mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?