“Tashabbusli byudjet”: endi bir mahalla bir yilda ikki marta gʻolib deb topilmasligi mumkin
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtmoqda. Qayd etilishicha, 2024-yil 11-iyun kuni boʻlib oʻtgan majlisda Bosh vazir oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qoʻchqorovga “Tashabbusli byudjet asosida shakllantirilgan loyihalarni moliyalashtirish va ularning natijadorligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida” Qonunchilik palatasining parlament soʻrovi yuborilgan edi. Navbatdagi majlisda deputatlar Bugun soʻrovga yuborilgan javobni koʻrib chiqildi.
Unga koʻra, keng jamoatchilik va deputatlarning takliflarini inobatga olib amaldagi tartibga bir qator oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin. Xususan, aholi soni kichik boʻlgan mahallalarning gʻolib boʻlish imkoniyatini yaratish maqsadida doimiy tarzda gʻolib boʻlib kelayotgan mahalla(tashkilot)larga tanaffus eʼlon qilish amaliyotini joriy etish koʻzda tutilmoqda.
Bundan tashqari, endilikda xodimlarni majburiy ovoz toʻplashga jalb etish holatlarini bartaraf etish maqsadida ovoz berish bosqichi muddatini 10 kunga kamaytirish, majburiy ovoz toʻplangan loyihalarni gʻolib loyihalar roʻyxatidan chetlatish amaliyotini joriy etishi, xalq deputatlari hududiy kengashlarining vakolatlarini kengaytirish maqsadida tuman (shahar) byudjetidan qoʻshimcha mablagʻ ajratish hisobiga gʻolib boʻlmagan loyihalarni qoʻshimcha gʻolib sifatida eʼlon qilish amaliyotini joriy etish nazarda tutilmoqda.
“Ushbu hujjat loyihasi ishlab chiqilib koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun Oliy Majlis Senatiga taqdim etilgan”, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi
- Uyushgan jinoyatchilik va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish takomillashtiriladi
- AQSH Hoʻrmuz boʻgʻozida kemalarni kuzatib borishni boshlashi mumkin
- 14-mart kuni kuzatiladigan ob-havo prognozi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring