Taqdimot: Qoʻrboshi Madaminbek badiiy talqinda
Bugun, 8-oktyabr kuni soat 15:00da Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida iqtidorli yozuvchi Zokir Xudoyshukurning yangi “Tuzoq” nomli badiiy kitobining taqdimoti boʻlib oʻtadi.
Ushbu badiiy asarda qadim oʻzbek xalqining tarixiy udumlari, mif va asotirlari, umuman, xalq ogʻzaki ijodining nodir namunalari oʻz aksini topgan. Qolaversa, xalqimizning milliy qahramoni Madaminbekning ozodlik yoʻlidagi kurashlari hamda bosqinchilar tomonidan tuzoqqa tushirilishi taʼsirli badiiy boʻyoqlarda ochib berilgan.
Mazkur bitiklar oddiy, xalqona uslubda bayon etilganki, goʻyoki tarixning ajib koʻchalariga sayr qilgandek boʻlasiz.
Taqdimotda adabiyotshunos olimlarning kitob haqidagi fikrlari, shuningdek, muallif bilan bevosita uchrashuv, badiiy ijod, kelgusidagi ijodiy rejalar xususida ham muloqotlar boʻlib oʻtadi.
Barcha kitob shinavandalarini ushbu taqdimotga taklif qilamiz!
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring