Tanzila Narbayeva Markaziy Osiyo davlatlarining birinchi parlamentlararo forumida ishtirok etmoqda
Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati
Shu kunlarda Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi delegatsiya Markaziy Osiyo davlatlarining birinchi parlamentlararo forumida ishtirok etish uchun Qozogʻistonning Turkiston shahrida boʻlib turibdi.
Taʼkidlash joizki, Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari qoʻshni davlatlar rahbarlari tomonidan qoʻllab-quvvatlangani tufayli Markaziy Osiyoda siyosiy muloqot faollashdi va oʻzaro ishonch mustahkamlandi. Davlat rahbarlarining Maslahatlashuv uchrashuvlari yoʻlga qoʻyilishi natijasida mintaqada ikki va koʻp tomonlama hamkorlik darajasi yangi bosqichga koʻtarildi.
Mintaqa mamlakatlarining barcha sohalarda oʻzaro doʻstlik, yaqin qoʻshnichilik va strategik sheriklikka asoslangan munosabatlari sifat va mazmun jihatidan yanada boyib bormoqda. Xususan, parlamentlararo muloqotni kuchaytirish, mavjud har qanday toʻsiqlarni birgalikda bartaraf etish ustuvor yoʻnalishga aylangan.
Forumning birinchi kuni Senat Raisi Markaziy Osiyo davlatlari parlament delegatsiyalari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi.
Shundan soʻng delegatsiya aʼzolari Turkiston shahridagi tarixiy madaniy yodgorliklar bilan tanishdi, shu jumladan, Hazrat Xoʻja Ahmad Yassaviy mavzoleyini ziyorat qildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- Tabiat va sivilizatsiya uyg‘unlashgan shahar – Syurixdan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring