Taʼlim sohasidagi xizmat narxlari yil davomida qanday oʻzgardi?

15:20 13 Yanvar 2026 Jamiyat
220 0

Milliy statistika qoʻmitasi taʼlim sohasidagi xizmatlar narxlari yil davomida qanday oʻzgargani toʻgʻrisida maʼlumot berdi.

Maʼlum qilinishicha, repetitorlik xizmatlari narxlari 2025-yil dekabr oyi davomida oʻrtacha 0,8 foizga, yil davomida esa 6,6 foizga oshgan.

Shuningdek, chet tillari kurslarida oʻqish 0,3 foizga, yil davomida esa 6,6 foizga qimmatlashgan.

Maktabgacha taʼlim xizmati narxlari noyabr oyiga nisbatan oʻzgarishsiz qolgan, biroq yil davomida 17 foiz oʻsish qayd etilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?