Taʼlim sohasidagi fidokorlik namunasi: Samarqandlik olimning ilmiy-maʼrifiy yoʻli
Professor Azamat Akbarov 1999-yildan buyon Oʻzbekiston oliy taʼlim tizimida beminnat xizmat qilib kelmoqda. Shu davr mobaynida oʻnlab yirik ilmiy forumlar, konferensiya va simpoziumlarni tashkil etdi, xalqaro loyihalarni boshqardi. 2011-yildan beri qator universitetlarda maʼruzalar oʻqidi, koʻplab olimlarga ilmiy taqrizlar berdi, universitet jurnallari va strategik rivojlanish dasturlariga amaliy yordam koʻrsatdi.
2003-yildan boshlab mahalliy universitetlarning xalqaro talabalar almashinuv dasturlarini qoʻllab-quvvatladi, 2017-yildan esa Erasmus dasturlarida faol ishtirok etdi. 2010-yildan boshlab oʻz mablagʻlari hisobidan chet el olimlarini Oʻzbekistonga taklif etib, xalqaro konferensiyalar oʻtkazdi. 2018–2019-yillarda esa bir qator oliy taʼlim muassasalarida qishki maktablar tashkil etdi.

Ayniqsa, 2019-yilda professor Azamat Akbarov Oʻzbekiston davlat universitetlarida ilk bor 5 kunlik taʼlim tizimi, kredit-modul tizimi, 50 daqiqalik darslar, bir semestrda 5 ta fan modeli, dual taʼlim, talabalar parlamenti kabi yangiliklarni joriy etdi.
Yaqinda professor Azamat Akbarovga taʼlim tizimini rivojlantirishga qaratilgan davlat siyosatini izchil amalga oshirishda namoyon etgan yuksak masʼuliyati, samarali, xolis va fidokorona mehnati uchun Oliy Majlis Senatining Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi nomidan “Tashakkurnoma” taqdim etildi.

Maʼlumot uchun, bugunga qadar professor Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining “Faxriy yorligʻi”, “Oliy taʼlim aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan. Shuningdek, 2017-yil 22-dekabr kuni Qozogʻiston Respublikasi taʼlim va fan vazirining “Faxriy yorligʻi”ga ham sazovor boʻlgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi
- Uyushgan jinoyatchilik va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish takomillashtiriladi
- AQSH Hoʻrmuz boʻgʻozida kemalarni kuzatib borishni boshlashi mumkin
- 14-mart kuni kuzatiladigan ob-havo prognozi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring