Taʼlim sohasida xalqaro hamkorlik
Mamlakatimiz oliy taʼlim muassasalarida taʼlim jarayonlarini xalqaro standartlarga moslashtirish, xorijiy tajribalarni amaliyotga joriy etish va nufuzli universitetlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida joylashgan Era universiteti bosh direktori Ali Kxan boshchiligidagi delegatsiyaning Andijon davlat tibbiyot institutiga tashrifi doirasida ham oʻzaro hamkorlik kelishuvlari imzolandi.
— Biz ushbu hamkorlik orqali mutaxassis va talabalar almashinuvi, simulyatsion taʼlim va qoʻshma loyihalarni amalga oshirishdan katta samara kutyapmiz, — dedi Ali Kxan. — Zero, bu borada Andijonda katta tajriba toʻplangan. Umid qilamanki, oʻzaro hamkorlik har ikkala davlat oliy taʼlim tizimi uchun manfaatli boʻladi.
Tashrif yakunida ikki oliy taʼlim muassasasi oʻrtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi. Unga koʻra, institut professor-oʻqituvchilari va talabalari Hindiston klinikalarida malaka oshirish imkoniyatiga ega boʻladi.
Saminjon HUSANOV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Saida Mirziyoyeva Dohadagi kino festivalga tashrif buyurdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring