Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligiga direktor tayinlandi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Adxam Yusupovich Xudoyqulov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlumot uchun, mazkur agentlik Prezidentning joriy yil 5-may kuni qabul qilgan farmoni bilan sohada maxsus vakolatli davlat organi sifatida tashkil etilgandi.
Agentlik oʻrta maxsus, kasbiy, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tashkilotlarini (taʼlim tashkilotlari) kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazadi. Bunda:
- kompleks davlat akkreditatsiyasi har 5-yilda taʼlim tashkilotlarini tashqi baholash natijalari asosida oʻtkaziladi;
- maxsus davlat akkreditatsiyasi kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyilayotgan taʼlim dasturlari boʻyicha oʻquv jarayoni boshlanishidan oldin oʻtkaziladi.
Shuningdek, Agentlik taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining zamonaviy mehnat bozori talablariga mosligini oʻrganish maqsadida Umummilliy ish beruvchilar soʻrovnomasini oʻtkazadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring