Talabalar endi zamonaviy binoda til oʻrganishadi

10:57 10 Aprel 2025 Jamiyat
231 0

Jahongir BOYMURODOV/“Xalq soʻzi”. Qarshi davlat universitetining xorijiy tillar fakulteti uchun qurib bitkazilgan yangi oʻquv binosi foydalanishga topshirildi.

Zamonaviy arxitektura yechimlari asosida barpo etilgan, 5 qavatdan iborat ushbu binoda bir vaqtning oʻzida ming nafar talaba tahsil olishi, professor-oʻqituvchilar faoliyat yuritishi uchun barcha qulaylik yaratilgan.

— Bu maskanda turli xorijiy tillarga ixtisoslashgan markazlar, Koica, “Erasmus+” dasturlari ofisi, media studiya, sinxron tarjima auditoriyasi, tibbiy muolaja xonasi, lingafon xonalari, kutubxona, eng soʻnggi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlangan kompyuter xonalari mavjud, — deydi universitet rektori Dilmurod Nabiyev. — Oʻquv, laboratoriya xonalari, maʼruza zallari interaktiv doskalar, zamonaviy oʻquv jihozlari bilan taʼminlangan.

Yangi binoning foydalanishga topshirilishi munosabati bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda viloyat hokimligi masʼullari, professor-oʻqituvchilar, talaba yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер