Takiya va Kunchiqishda “Yangi Oʻzbekiston qiyofasi” shakllanadi

14:12 28 Yanvar 2026 Jamiyat
186 0

Prezident qarori bilan tasdiqlangan “Taraqqiyot va yetakchilik maskani” dasturi doirasida Surxondaryo viloyatida hududlarni kompleks rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash hamda aholi turmush farovonligini oshirishga qaratilgan ishlar izchil amalga oshirilmoqda.

Mazkur dastur asosida viloyatning 3 ta tumanida “Yangi Oʻzbekiston qiyofasidagi tuman”, 35 ta mahallasida esa “Yangi Oʻzbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyalari joriy etiladi. Qiziriq tumanidagi Takiya va Kunchiqish mahallalari ham ushbu dasturga kiritilgan.

Mahallalarda yoʻl va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yaxshilash, hududlarni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, aholi uchun qulay yashash muhitini yaratish boʻyicha manzilli loyihalar ishlab chiqilgan.

Amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Surxondaryo viloyati hokimi Ulugʻbek Qosimov Qiziriq tumanida boʻlib, Takiya va Kunchiqish mahallalarida yangi loyihalar qurilishiga start berdi hamda dastur doirasidagi ishlar ijrosi boʻyicha mutasaddilarga aniq vazifalar belgilab berdi.

Farhod ESONOV, “Xalq soʻzi”.
 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?