Tabiatga oshno qalblar
May oyi kelishi bilan maktabimiz oʻquvchilari bir tanlovni intiq boʻlib kutishadi. Boisi mazkur tanlovni bir yillik sarhisob, deyish ham mumkin.
Gap shundaki, har yili anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinayotgan “Tabiatga oshno qalblar” tanloviga alohida taraddud koʻriladi. Xuddi shunday joriy yilda ham ushbu tadbirni yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish maqsadida puxta tayyorgarlik koʻrildi.
Bilamizki, maktab oʻquvchilari har safar «Bu yilgi tanlovda oʻtgan yillardagiga qaraganda qanday yangilik boʻladi, deb kutishadi. Bu esa menga alohida masʼuliyat yuklaydi.
Bu gal maktabimiz oʻquvchilarining ona tabiatga, yon-tevaragimizga boʻlgan mehrini yanada kuchaytirish maqsadida tanlovning asosiy sharti qilib, ishtirokchilarga tabiatning maʼlum bir qismini qoʻl mehnati bilan yasashni tavsiya qildim. Gʻoliblarni esa oʻz hisobimdan ragʻbatlantirishni vaʼda qildim.
Natija yomon boʻlmadi. Tanlov uchun juda koʻp chiroyli va bejirim qoʻl mehnati namunalari toʻplandiki, ochigʻi, buni kutmagandim.
Bu hali hammasi emas, albatta. Tanlovdan qiziqarli savol-javoblardan iborat “Zakovat” turniri, qiziqarli shartlar, oʻquvchilar tomonidan tayyorlangan tabiat mavzusidagi sahna tomoshalari ham oʻrin oldi.
Gʻolib jomalarni ham pul mukofotlari bilan ragʻbatlantirdim. Oʻquvchi-yoshlarning qiziqishi, tanlov shartlarida gʻolib boʻlish uchun astoydil kurashganini koʻrib, ich-ichimdan faxrlandim.
Tanlov yakuni bilan keyingi yil ham ushbu tadbirni qanday oʻtkazish, oʻquvchilarni yanada kengroq jalb qilish, yangi va bir-biridan qiziqarli, asosiysi, yoshlar maʼnaviyati hamda bilimini yanada yuksaltirishga xizmat qiladigan shartlarni kiritish haqida oʻyladim. Ayni paytda ushbu rejalarni tuzib, boyitishga kirishdim.
Zero, yoshlarni turli tanlov va maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda kengroq qamrab olish orqali ularning jamiyatdagi faolligini yanada oshirish hamda boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish har bir taʼlim muassasasi xodimining, oʻqituvchilarning asosiy vazifalaridan biri, desam, mubolagʻa boʻlmaydi.
Intizor QURBONOVA,
Sergeli tumanidagi 269-umumtaʼlim maktabining biologiya fani oʻqituvchisi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- “Soxta tetiklikning haqiqiy halokati”: energetik ichimliklarning sekin, ammo muqarrar yiqitish jarayoni haqida
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring