Suvchilarga transport vositalari va zamonaviy jihozlar topshirildi

Ahmadali ShERNAZAROV/“Xalq soʻzi”. Mirzaobod tumanidagi “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasining faol xodimlariga elektr bilan harakatlanadigan qulay transport vositalari, planshetlar hamda boshqa zarur texnik jihozlar tantanali tarzda topshirildi.
— Suv xoʻjaligining quyi boʻgʻini tashkilotlarining moddiy-texnik bazasi yildan-yilga mustahkamlanmoqda, — deydi Mirzaobod tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori Sobitjon Neʼmatov. — Bularning bari suvchilarning mehnat sharoitini yanada yaxshilash barobarida suvdan foydalanish samaradorligining oshishiga xizmat qiladi.
Tadbirda 20 nafar eng faol gidrometr va uchastka boshliqlariga ikki turdagi elektr transport vositalari topshirildi. Maʼlum qilinishicha, yaqin kunlarda xodimlarga yana 25 ta skuter taqdim etiladi. Eʼtiborlisi, “Suv yetkazib berish xizmati” DMning barcha xodimlariga Qurbon hayiti munosabati bilan yordamchi hoʻjaliklarda yetishtirilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari hamda pul mukofotlari ham berildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring