Suv xoʻjaligida zamonaviy boshqaruv tizimi joriy qilinadi
“Suv xoʻjaligida zamonaviy boshqaruv tizimini joriy qilish va rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF-74-son, 07.05.2024 y.) qabul qilindi.
Farmonga koʻra, Suv xoʻjaligi vazirligi barcha manbalar boʻyicha yagona suv balansini yurituvchi hamda Davlat suv kadastrini tashkil etish va yuritishga oid ishlarni muvofiqlashtiruvchi davlat organi etib belgilandi.
Quyidagilar Suv xoʻjaligi vazirligining asosiy faoliyat yoʻnalishlari etib belgilandi:
— yagona suv balansi va Davlat suv kadastrini yuritish;
— transchegaraviy va ichki daryolar, soylar suvlarini samarali boshqarish hamda tabiiy koʻllar, suv inshootlari va yer osti manbalarida yetarli suv zaxirasini yaratish orqali mamlakat suv xavfsizligini taʼminlash;
— raqamli texnologiyalarni keng qoʻllagan holda suv resurslarini boshqarish va suv hisobini yuritishning shaffof tizimini yoʻlga qoʻyish;
— sohaga resurs tejovchi zamonaviy texnologiyalarni, ilm-fan yutuqlari va nou-xaularni keng joriy etish;
— suvdan foydalanish va suvni boshqarishga bozor mexanizmlarini keng joriy qilish orqali suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring