Suv xoʻjaligi balanslarini tuzish tartibi belgilandi
Hukumatning 28-avgustdagi 545-son qarori bilan “Oʻzbekiston Respublikasida suv xoʻjaligi balanslarini tuzish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi. Nizom Oʻzbekistonda suv xoʻjaligi balanslarini tuzish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
Hujjatga koʻra, suv xoʻjaligi balanslari quyidagi turlarga ajratiladi:
• daryolar havzalarining suv xoʻjaligi balanslari;
• irrigatsiya tizimlari havzalarining suv xoʻjaligi balanslari;
• iqtisodiy mintaqalar (hududlar) suv xoʻjaligi balanslari;
• Oʻzbekiston Respublikasining yagona suv xoʻjaligi balansi.
Suv xoʻjaligi vazirligi va uning tizimidagi tashkilotlar suv xoʻjaligi balanslarini tuzish, uni amalga oshirish va muvofiqlashtirish boʻyicha maxsus vakolatli organ hisoblanadi.
Suv xoʻjaligi balanslari suv resurslarining mavjud miqdori, suvga boʻlgan talab, suv resurslari taqsimoti, ularning taqchilligi yoki ortiqcha miqdorini koʻrsatadigan jadvallarda ishlab chiqiladi.
Suv xoʻjaligi balanslarini tuzish boʻyicha maʼlumotlar elektron onlayn shaklda yuritiladi va ularning bazasi shakllantirib boriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- Loyihaoldi va xarid hujjatlarini kompleks ekspertiza qilish tizimi samaradorligi oshiriladi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- Toshkentda “zaklatchik”larni ushlagan inspektorga muddatidan oldin mayor unvoni berildi
- Togʻ-kon sanoatidagi yirik investitsiya loyihalarini jadallashtirish chora-tadbirlari muhokama qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring