Surxondaryoning turizm salohiyati Tailanddagi xalqaro seminarda namoyish etildi
Tailand poytaxti Bankok shahrida “Oʻzbekistonda buddizmning boy merosi. Kushonlar va buddizmning Oʻrta Osiyo orqali Ipak yoʻli boʻylab tarqalishi” nomli Oʻzbekiston madaniy merosi va ziyorat turizmi salohiyatiga bagʻishlangan xalqaro ilmiy seminar oʻtkazildi.
Tailandning muhim diniy bayramlaridan biri “Visaxa Bucha kuni” xalqaro bayrami 26 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda yetakchi diniy ulamolar, siyosiy, akademik va madaniy doira hamda diplomatik korpus vakillari, shuningdek, Surxondaryo viloyati delegatsiyasi ham ishtirok etdi.
Xalqaro seminarda Oʻzbekiston va Tailand oʻrtasida madaniy aloqalar tarixi, Surxondaryo viloyatining yangi turizm brendi, ziyorat, tibbiy, gastronomik, sport turizmi va ekoturizm yoʻnalishlaridagi mavjud sayyohlik salohiyati va ziyoratchilar uchun yaratilgan qulayliklar, 2023-yilda viloyatda oʻtkazilishi rejalashtirilgan xalqaro tadbirlar toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar berildi.
Tadbir ishtirokchilari tomonidan kelajakda Tailand bilan Oʻzbekistondagi buddaviylik obidalari tarixini oʻrganuvchi, hamkorlikda arxeologik qazishmalar, topilmalarni qayta tiklash va ilmiy tadqiqotlar bilan shugʻullanuvchi Madaniy-ilmiy markaz, Ilmiy tadqiqot instituti tuzish imkoniyatlarini oʻrganish taklifi bildirildi.
Surxondaryo viloyatidagi buddaviylik yodgorliklarini yanada keng oʻrganish, ularni asrab-avaylab, qayta tiklash, muzeylashtirish va ziyoratchilar uchun munosib sharoitlar yaratishda texnologiyalar va mutaxassislar jalb etish boʻyicha Tailand tomoni bilan hamkorlikda ishlarni davom ettirishga kelishib olindi.
Shuningdek, viloyat delegatsiyasi tomonidan qator ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazilib, viloyat turizm salohiyati boʻyicha taqdimotlar qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- Tabiat va sivilizatsiya uyg‘unlashgan shahar – Syurixdan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring