Surxondaryoda noqonuniy yer savdosi fosh etildi
Surxondaryo viloyatida yer maydonlarini sotish bilan bogʻliq firibgarlik holati fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, departamentning Qiziriq tumani boʻlimi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbirda oʻtkazilgan. Unda fuqaro A.V. dehqonchilik qilish sharti bilan boshqa fuqaroga 30-yilga ijara shartnomasi asosida ajratilgan 80 sotix yer maydonini tanishlari yordamida fuqaro B.Q.ning nomiga rasmiylashtirib berishini vaʼda qilib, evaziga undan 200 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Maʼlum qilinishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- Bugun Eronga juda qattiq zarba berilishi mumkin – Tramp
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring