Surxondaryoda “Labo” va “Cobalt” toʻqnashdi, 6 kishi jarohatlangan

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatida paxta terimidan ayollarni mindirib qaytayotgan “Labo” “Cobalt” bilan toʻqnashib ketgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi hodisa yuzasidan maʼlumot berdi.
Bildirilishicha, voqea 2025-yil 3-oktyabr kuni soat 19:00 larda Bandixon tumani “Gulbogʻ” mahallasi hududidan oʻtuvchi avtomobil yoʻlida sodir boʻlgan. Oʻsha kuni haydovchi “Labo” avtomobili boshqaruvini yoʻqotib, qarama-qarshi yoʻnalishga chiqib ketgan va roʻparasidan kelayotgan “Cobalt” bilan toʻqnashgan.
YTH oqibatda “Labo” rusumli avtomobil haydovchisi hamda 5 nafar yoʻlovchi ayollar shu paytning oʻzida turli darajadagi tan jarohatlari bilan tuman kasalxonasiga yetkazilgan.
Hozirda holat yuzasidan Bandixon tuman IIB tergov guruhi tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
“Kun.uz” nashri suhbatdoshiga tayanib, “Labo” bortida 16 nafar ayol boʻlgani haqida xabar berdi. Biroq YHXB bu maʼlumotlar asossiz ekanini qayd etgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
- Endilikda muddati oʻtgan tovarlarning sotilishi avtomatik ravishda cheklanadi
- Xorijiy tillarni oʻrganmoqchi boʻlgan yoshlarga “2+6” dasturiga muvofiq subsidiya ajratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring