Surxondaryoda bankir va kassir bankomat pulini oʻmargani aniqlandi
Foto: Prokuratura departamenti
Surxondaryo viloyati Jarqoʻrgʻon tumanida bankomatlarga ajratilgan pulni oʻzlashtirgan shaxslar aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Departamentning Jarqoʻrgʻon tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda hududiy tijorat banki bank xizmatlari markazi sobiq shoʻba mudiri T.S. oʻziga biriktirilgan bankomatlarga ajratilgan 262,5 mln soʻmni, shuningdek nazoratchi kassiri S.N. 132,8 mln soʻmni oʻzlashtirish va rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Bildirilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi
- Uyushgan jinoyatchilik va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish takomillashtiriladi
- AQSH Hoʻrmuz boʻgʻozida kemalarni kuzatib borishni boshlashi mumkin
- 14-mart kuni kuzatiladigan ob-havo prognozi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring