Suriyada Bashar Asadga nisbatan hibsga olish orderi chiqarildi
Foto: TASS
Suriya poytaxti Damashqda tergov sudyasi mamlakatning sobiq prezidenti Bashar Asadni hibsga olish haqida order chiqardi. Bu haqda davlat axborot agentligi SANA oʻzining Telegram-kanalida xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, ayblovlar 2011-yil 23-noyabrda Daraa shahrida sodir boʻlgan voqealar bilan bogʻliq. 2011–2013-yillarda Daraada hukumat kuchlari va muxolifatchilar oʻrtasida qattiq toʻqnashuvlar boʻlib oʻtgan edi.
Suriya Oliy sudi tushuntirishicha, ushbu qaror Asadni xalqaro qidiruvga eʼlon qilish va Interpolga rasmiy soʻrov yoʻllash imkoniyatini ochadi.
Maʼlumot uchun, Bashar Asad rejimi 2024-yil dekabrda agʻdarilgan, shundan soʻng Rossiya unga boshpana bergan edi.
Shuningdek, joriy yil sentyabr oyi boshida Fransiya ham Asad va uning hukumatidagi yana olti yuqori lavozimli amaldorga nisbatan hibsga olish orderi chiqargan. Fransuz sudi Asadni 2012-yilda Xoms shahrida ikki jurnalistning bombardimonda halok boʻlishida ayblamoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring