Sudlar tizimida “yagona darcha” tamoyili joriy etiladi

05:51 15 Aprel 2022 Jamiyat
780 0

Bu haqda AOKAda Oliy sud mutasaddilari ishtirokida oʻtkazilgan matbuot anjumanida maʼlum qilindi.

Qayd etilishicha, ayrim hollarda ishlarni sudlarda taalluqligi boʻyicha amaliyotda muammolar kelib chiqib, fuqarolar oʻz nizosini hal qilish uchun qaysi sudga – fuqarolik ishlari boʻyicha sudgami, iqtisodiy yoki maʼmuriy sudga murojaat qilishida tushunmovchiliklar kelib chiqmoqda. Bu esa fuqarolarning ovoragarchiliklariga sabab boʻlayotgan edi.

Shu sababli sudlar tizimida “yagona darcha” tamoyilini keng joriy etish, jumladan sudlar tomonidan daʼvo arizasi, ariza hamda shikoyatni sudga taalluqli boʻlmaganligi sababli qabul qilishni rad etish yoki ish boʻyicha ish yuritishni tugatish amaliyotini taqiqlash kabi protsessual normalar belgilanmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?