Sud Jahongir Otajonovni ogohlantirish bilan kifoyalandi
2021-yil 26-iyul kuni Jinoyat ishlari boʻyicha Shayxontohur tuman sudida sudya Temurjon Yusupov raisligida J.Otajanovga nisbatan maʼmuriy huquqbuzarlik ishi koʻrib chiqildi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari xabar berdi.
Ish hujjatlariga koʻra, J.Otajanov 2021-yil 27-iyun kuni Toshkent shahar, Shayxontohur tuman hududida ijtimoiy tarmoq orqali Toshkent shahar IIBB YHXB xodimi Sh.Sayfuddinov va boshqa IIO FMB xodimlarini har xil shaʼni va qadr-qimmatini kamsituvchi soʻzlar bilan haqorat qilganligi yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Sud majlisida huquqbuzar J.Otajanov oʻz koʻrsatmasida, «Haqiqatdan ham, 2021-yil 27-iyun kuni Toshkent shahar, Shayxontohur tuman hududida ijtimoiy tarmoq orqali Toshkent shahar IIBB YHXB xodimi Sh.Sayfuddinov va boshqa IIO FMB xodimlarini har xil shaʼni va qadr-qimmatini kamsituvchi soʻzlar bilan haqorat qilganman. Hozirda aybimga toʻliq iqrorman, qilgan ishimdan pushaymonman. Oʻzimga tegishli xulosa qildim», deya IIO FMB xodimlaridan kechirim soʻraganligini maʼlum qilib, suddan yengillik berishni soʻradi.
Sud huquqbuzar J.Atajanovning harakatlariga huquqiy baho berib, uning harakatlarida Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 41-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik alomatlari mavjud deb hisobladi.
Sud J.Otajanovga maʼmuriy jazo tayinlashda, ish hujjatlari bilan tanishib, huquqbuzarning koʻrsatmalarini tinglab, uning shaxsini, aybiga iqrorligini va pushaymonligini, oʻziga tegishli xulosa chiqarganligini inobatga olib, uni MJtKning 21-moddasiga asosan javobgarlikdan ozod qilib, ogohlantirish bilan kifoyalanishni lozim topdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring