Sportni rivojlantirish vaziri Hindistonning Oʻzbekistondagi elchisi Manish Prabhat bilan uchrashdi
Foto: Sportni rivojlantirish vazirligi axborot xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vaziri Adxam Ikramov hamda Hindistonning Oʻzbekistondagi elchisi janob Manish Prabhat oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda ikki mamlakat oʻrtasida sport sohasida hamkorlikni rivojlantirish, yoga sport turi boʻyicha ommaviy tadbirlarni tashkil etish hamda Oʻzbekiston va Hindistonda faoliyat yuritayotgan sport murabbiylari oʻrtasida tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.
Xususan, Sportni rivojlantirish vaziri A.Ikramov tomonidan elchi janoblari va uning jamoasiga uzoq yillik hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirildi.
Shuningdek, davlatlar oʻrtasida sport sohasida ham keng qamrovli ishlar amalga oshirilayotgani taʼkidlanib, 2021-yil 21-iyunda Toshkent shahrida oʻtkazilgan xalqaro yoga festivali va unda 600 dan ziyod koʻngillilar ishtirok etgani alohida qayd etildi.
Shu bilan birga joriy yilda ham mazkur anʼana davom ettirilgan holda, Respublika hududlarida yoga festivallarini tashkil etish tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Jumladan, yaqinda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida yoga sporti boʻyicha turli tadbirlar oʻtkazilgan boʻlib, kelgusida Buxoro, Qashqadaryo, Andijon viloyatlari va Toshkent shaharida ham yoga festivallari tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, elchi janoblari tomonidan ham Oʻzbekiston hukumati, Sportni rivojlantirish vazirligi hamda Oʻzbekiston yoga federatsiyasiga hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirildi. Ikki mamlakat oʻrtasida iqtisodiy, ijtimoiy hamda gumanitar sohalarda oʻrnatilgan mustahkam aloqalar yuqori natijalar berishiga ishonch bildirildi.
Uchrashuv davomida, kelgusida hamkorlikda oʻtkazilishi rejalashtirilgan tadbirlar hamda navbatdagi kelishuvlar yuzasidan muhokamalar oʻtkazildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- ICCI 2026: Yangi Oʻzbekistonning qurilish salohiyati – gʻoyalardan keng koʻlamli yechimlargacha
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring