Soliq toʻlovchilari sohadagi yangiliklardan xabardormi?
Soʻnggi yillarda soliq tizimida ulkan yangiliklar, tub oʻzgarishlar amalga oshirilyapti. Bu esa tadbirkorlarni ham, jismoniy shaxs sifatida soliq toʻlovchilarni ham befarq qoldirmayapti. Chunki soliq tizimida islohotlarni amalga oshirmay turib ertangi kunimizni, farovon jamiyat qurishni tasavvur qilib boʻlmaydi.
2022-yildan eʼtiboran soliq siyosatiga kiritilayotgan yangiliklar, xususan, Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 29 dekabardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun hamda davlatimiz rahbarining tegishli qarorlari soha rivojida muhim oʻrin tutmoqda.
Taʼkidlash kerakki, Soliq kodeksining amaldagi 75 ta moddasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi. Shuningdek, Prezident qarori bilan soliq toʻlovchilarga bir qator huquq hamda yengilliklar taqdim etildi.
Qashqadaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi tomonidan ushbu yangiliklarni soliq toʻlovchilarga yetkazish maqsadida koʻrgazmali amaliy seminar tashkil etildi.
Seminar davomida qonunchilikdagi yangiliklar haqida batafsil maʼlumotlar berib oʻtildi.
Jumladan, tadbirkorlarga ular umumiy maydoni 1 000 kv. metrdan (10 sotixdan) ortiq boʻlgan yer uchastkalariga va (yoki) bino (inshoot)larga mulk huquqini qoʻlga kiritganda mol-mulk hamda yer soligʻi boʻyicha toʻlovlarni olti oyga kechiktirish huquqi berilmoqda.
— Sugʻoriladigan yer maydoni 25 gektardan koʻp boʻlgan qishloq xoʻjaligi korxonalari qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlashga oʻtkazilyapti, — deydi Qashqadaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi boshligʻi Alisher Qodirov. — Amalda 50 gektardan koʻp yer maydoniga ega korxonalar qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlashga oʻtardi. Bugungi kunda viloyatda sugʻoriladigan yer maydoni 25 gektardan 50 gektargacha boʻlgan va qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlashga oʻtmagan 274 ta korxonalarni ushbu tizimga oʻtkazish orqali, ularda hisobga olingan (texnika xizmati, urugʻ, yoqilgʻi, mineral oʻgʻit va boshqa tovarlar sotib olinganda) qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini byudjetdan qoplab berish imkoniyati yaratiladi.

Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida oliy va professional taʼlim muassasalarida oʻqish uchun tijorat banklaridan olingan taʼlim kreditlarini (foizlari bilan) qoplashga yoʻnaltirilgan mablagʻlar, yosh oila tomonidan olingan ipoteka kreditlarini va ular boʻyicha hisoblangan foizlarni 15 mln. soʻmgacha miqdorda qoplashga jalb qilingan summalar daromad soligʻidan ozod qildi.
Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, soliq imtiyozlari hisobiga 80 mln. soʻm mablagʻlar fuqarolar ixtiyorida qoldiriladi.
— Bugun oʻtkazilgan seminar davomida barcha maʼlumotlarga ega boʻldik. Oʻylaymanki, bu yangiliklar faoliyatimizda dasturilamal boʻlib xizmat qiladi, — deydi “Injener meʼmor qurilish loyiha” MCHJ hisobchisi Gʻayrat Haqberdiyev. — Bu kabi seminarlar doimiy oʻtkazilishini har tomonlama foydali boʻladi.
Seminarda soliq toʻlovchilarni yangiliklar yuzasidan barcha savollariga javoblar qaytarildi.
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring