Soxta qoʻngʻiroq: Markaziy bank nomidan fuqarolarni aldashga urinishmoqda
Markaziy bank fuqarolarga hech qanday kredit bermasligi hamda moliyaviy xizmatlar koʻrsatmasligini eslatib, soxta xabarlarga ishonmaslik va firibgarlardan ogoh boʻlishga chaqirdi.
Soʻnggi kunlarda firibgarlar oʻzini Markaziy bank xodimi sifatida tanishtirib, fuqarolarning ishonchiga kirishga urinmoqda. Internet tarmogʻida soxta telefon raqamlari orqali qoʻngʻiroqlar qilish, shuningdek, Telegram messenjerida “Markaziy bank“ nomidan soxta kanallar yaratib, bank kartalari haqidagi maʼlumotlarni qoʻlga kiritish holatlari kuzatilmoqda. Bu orqali kartalardagi mablagʻlar oʻzlashtirilmoqda.
Markaziy bank matbuot xizmati firibgarlik xatti-harakatlariga eʼtibor qaratib, ushbu soxta xabarlar va akkauntlarning Markaziy bankka aloqasi yoʻqligini taʼkidladi.
Markaziy bank fuqarolarga quyidagilarni eslatadi:
— Markaziy bank jismoniy shaxslarga kreditlar ajratmaydi va moliyaviy xizmatlar koʻrsatmaydi.
— Shubhali qoʻngʻiroqlarga va soxta xabarlarga eʼtibor bermang.
— Bank kartalari maʼlumotlarini hech qachon uchinchi shaxslarga oshkor qilmang.
— Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda faqat verifikatsiyalangan sahifalardan foydalaning.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring