Sobiq qishloq xoʻjaligi vaziri Aziz Voitovga hukm oʻqildi

Bugun, 15-sentyabr kuni jinoyat ishlari boʻyicha Mirobod tuman sudi tomonidan sobiq Qishloq xoʻjaligi vaziri Aziz Voitov va boshqalarga (umumiy 62 kishi) oid jinoyat ishini birinchi instansiyada koʻrib chiqish boʻyicha sud jarayoni tugab, sud hukmi eʼlon qilindi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Abidov xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, sud hukmi bilan A. Voitov Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) 3-qismi “a” bandi va boshqa moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan.
Sobiq vazirga nisbatan yetkazilgan moddiy zararning oʻrni toʻliq qoplanganligi sababli 3-yil muddatga boshqaruv tizimi, rahbarlik va mansabdorlik hamda moddiy javobgarlik lavozimlarini egallash huquqidan mahrum qilgan tarzda bazaviy hisoblash miqdorining 400 baravari miqdorida jarima va har oylik ish haqining 30 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 3-yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan.
“Jinoyat kodeksining 167-moddasi 4-qismida yetkazilgan moddiy zararning oʻrni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmasligi belgilangan. Shu bois, sudning hukmi bilan jinoyat boʻyicha yetkazilgan zarar sud jarayoni davomida toʻliq qoplanganligi sababli A. Voitovga ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazo tayinlanib, depozit hisob raqamiga toʻlangan pullar davlat foydasiga oʻtkazilishi belgilangan”, deb yozadi Oliy sud matbuot kotibi.
Shuningdek, mazkur sud ishi doirasida Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligida xizmatlar koʻrsatish agentligi direktori lavozimida ishlagan X.Karimovga Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan 3-yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarni egallash huquqidan mahrum qilgan holda 8-yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Qolgan 60 nafar sudlanuvchiga qilmishiga muvofiq ravishda tegishli jazolar, xususan, 9 nafariga ozodlikdan mahrum qilish, 51 nafariga esa ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolar berilgan.
Taʼkidlanishicha, birinchi instansiya sudining hukmi ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga apellyatsiya/kassatsiya tartibida shikoyat berish va protest keltirishga haqli boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Ekrandagi qabohatning hayotdagi aksi yoki yengil-yelpi seriallar jamiyatga nima beryapti?
- Nyu-York manzaralari
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring