Sobiq Adliya vaziri faoliyatiga bagʻishlangan kitob chop etildi

20:27 05 Fevral 2023 Madaniyat
1573 0

Foto: Illustrativ foto

Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tashabbusi bilan nashr etilgan “Munosib yashamoq baxti” (muallifi Arslon Eshmurodov) nomli kitobning taqdimoti boʻlib oʻtdi.

Kitob I-darajali Davlat adliya maslahatchisi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yurist, taniqli davlat va jamoat arbobi Alisher Mardiyevning mazmunli va sinovli hayoti va serqirra faoliyati toʻgʻrisida hikoya qiladi.

Unda mashhur huquqshunosning mamlakatimiz yurisprudensiyasi taraqqiyotiga qoʻshgan munosib hissasi noyob arxiv materiallari va dalillar asosida ochib berilgan.

Davlatimiz rahbari juda koʻp bora taʼkidlaganidek, yangi Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlardan koʻzlangan asosiy maqsad – INSON QADRINI ULUGʻLASH, UNI EʼZOZLASHdir. Shu nuqtayi nazardan Sudyalar oliy kengashining mamlakatimiz huquqiy taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshgan, hayoti va faoliyati ibrat maktabiga aylangan ustozlar haqida hikoya qiluvchi kitoblar nashr etilishi maqsadga muvofiqdir. Maqsad - maʼrifat va maʼnaviyat elchilari boʻlmish kitoblar orqali boʻlajak huquqshunoslarni tarbiyalash, sudyalar va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarini kasbiga sadoqatli insonlar boʻlib shakllanishiga hissa qoʻshishdir. Chunki, oʻz sohasi yetuklari hayoti va faoliyati bilan yaqindan tanishish, ularning tajribalaridan boxabar boʻlish sohada faoliyat yuritayotganlar uchun katta maktab boʻlishi shubhasiz.

Tadbirda ishtirok etgan taniqli huquqshunos olimlar, prokuratura, adliya va sud tizimi faxriylari, adiblar, davlat va jamoat arboblari kitob qahramonining shaxsi, amalga oshirgan ishlari hamda toʻplamning maʼnaviy-maʼrifiy ahamiyatini alohida taʼkidlashdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?