Soatiga qariyb 100 kishi yolgʻizlik sabab vafot etmoqda

Illyustrativ foto
Dunyo boʻyicha har olti kishidan biri yolgʻizlikdan aziyat chekmoqda. Bu haqda Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining 30-iyundagi hisobotida qayd etilgan.
Qayd etilishicha, bu holat inson salomatligiga salbiy taʼsir koʻrsatib, erta oʻlim koʻrsatkichlari ortishiga olib kelyapti. Oqibatda xuddi shu muammo tufayli sayyorada soatiga qariyb 100 nafar, yiliga 871 ming nafardan ortiq kishi hayotdan koʻz yummoqda.
Tadqiqotlarga koʻra, 13 yoshdan 29 yoshgacha boʻlgan aholi vakillaridan 17-21 foizi oʻzini yolgʻiz his qiladi. Eng yuqori koʻrsatkichlar oʻsmirlar orasida qayd etilyapti.
Past daromadli davlatlarda respondentlarning 24 foizi oʻzini yolgʻiz, deb hisoblaydi. Bu — yuqori daromadli mamlakatlarga nisbatan (11 foiz atrofida) ikki baravar yuqori koʻrsatkich.
Shu bois JSST bu muammoga global epidemiya, deb taʼrif berib, barcha davlatlar, hamjamiyatlar va fuqarolarni ijtimoiy aloqalarni mustahkamlashga chaqirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring